Yordam
Qisqa koʻrsatmalar va koʻp soʻraladigan savollar.
Matnni oʻgirish
- Matnni chapdagi maydonga yozing yoki qoʻying. Yozuvi oʻzi aniqlanadi.
- Tepada kerakli alifboni tanlang: Öz — yangi alifbo, Ўз — kirill, O‘z — hozirgi lotin.
- Natija oʻngda darhol chiqadi. Nusxa olish uni formatlashi bilan oladi — Word yoki Google Docsʼga qoʻysangiz, qalin va kursiv joyida qoladi.
- Word (.docx) tugmasi faylni yuklab beradi. Yonidagi strelka — boshqa formatlar: .odt, .rtf, .html, .md, .txt va PDF.
Raqamlar, havolalar, e-pochta manzillari va qoʻshtirnoqlar oʻzgarmaydi. Matn oʻgirish uchun Harfsoz serveriga yuboriladi, shuning uchun internet kerak.
Sozlamalar
- Qoʻshtirnoqlar
- Odatda qoʻshtirnoqlarga tegilmaydi. Kerak boʻlsa, hammasini bitta turga keltirish mumkin: « », “ ” yoki „ “.
- Oʻ, gʻ va tutuq belgisi
- oʻ, gʻ va tutuq qaysi belgi bilan yozilishi. Odatiy (‘ ’) — koʻp shriftlarda chiroyli chiqadi; rasmiy (ʻ ʼ) — qonunda belgilangan; klaviaturadagi (') — oddiy apostrof.
- Heshteglar
- Telegram uchun qulay:
#yangilikqoladi, yoniga oʻgirilgani qoʻshiladi — eski heshteg boʻyicha qidiruv buzilmaydi. Xohlasangiz, heshtegga tegmaslik yoki oddiy soʻzdek oʻgirish mumkin. - Rus matni
- Kirill matn ichidagi ruscha gap va iboralar oʻgirilmaydi. Oʻchirsangiz, ular ham lotinga oʻtadi.
- Xorijiy nomlar lotinda qolsin (Microsoft, YouTube)
- Microsoft, YouTube, iPhone kabi nomlar kirillga oʻtkazilmaydi.
- Jamoa lugʻati
- Tahririyat yoki jamoa uchun umumiy soʻzlar roʻyxati: qaysi soʻz qanday yozilishi. Batafsil.
- Faqat matn
- Yoqilsa, boshqa joydan qoʻyilgan matn formatlashsiz tushadi.
Fayllarni oʻgirish
- Fayllar sahifasida alifboni tanlang.
- Fayl yoki butun papkani maydonga tashlang yoki Fayl tanlash tugmasini bosing.
- Har bir faylni alohida yoki hammasini bitta .zip arxivda yuklab oling. Hisobot — qaysi soʻzlar lotinda qolgani va tekshirish kerak boʻlgan joylar.
Qaysi fayllar oʻgiriladi
| Fayl | Nima oʻgiriladi |
|---|---|
| Word .docx .docm .dotx | Matn, jadvallar, izohlar, sharhlar, kolontitullar. Shrift, uslub va rasmlar oʻzgarmaydi. |
| Excel .xlsx .xlsm | Matnli kataklar, sharhlar, diagramma yozuvlari. Formulalar va raqamlarga tegilmaydi. |
| PowerPoint .pptx .ppsx | Slaydlar va maʼruzachi izohlari. Maket va rasmlar oʻzgarmaydi. |
| OpenDocument .odt .ods .odp | Matn, kolontitullar, izohlar, matnli kataklar. |
| EPUB, FB2 .epub .fb2 .fbz | Boblar, mundarija, kitob nomi va muallif, izohlar. Rasmlar oʻzgarmaydi. |
| RTF, HTML, Markdown .rtf .html .xml .md | Matnning oʻzi. Teglar, havolalar va kod bloklari oʻzgarmaydi. |
| Subtitrlar .srt .vtt .ass | Subtitr matni. Vaqt va raqamlar oʻzgarmaydi. |
| Matn va maʼlumot .txt .csv .json .tex | Matn, CSV kataklari, JSON qiymatlari, LaTeX matni. Buyruq va formulalarga tegilmaydi. |
| Tarjima fayllari .po .xliff .resx .strings .yaml | Faqat tarjima qatorlari. Asl matn, kalitlar va {0}, %s kabi oʻrinbosarlar oʻzgarmaydi. |
| PDF, eski Word, Kindle .pdf .doc .mobi .azw3 | Faqat matn olinadi va .txt yoki .docx qilib beriladi. Sahifa koʻrinishi saqlanmaydi. |
| ZIP .zip | Arxiv ichidagi har bir qoʻllanadigan fayl. |
- Skanerlangan PDF va rasmlardagi matn tanilmaydi. Eski .xls va .ppt fayllarni avval .xlsx, .pptx qilib saqlang.
- Parol yoki DRM bilan himoyalangan fayllar ochilmaydi.
- Fayl brauzeringizda ochiladi va yigʻiladi; serverga faqat uning matni oʻgirish uchun boradi.
Word qoʻshimchasi
- Ilovalar sahifasidagi buyruqdan nusxa oling: Macʼda Terminalga, Windowsʼda PowerShellga qoʻying va Enter bosing.
- Wordʼni qayta oching — tasmada Harfsoz yorligʻi paydo boʻladi.
- Matnni belgilang yoki hech narsa belgilamang (shunda butun hujjat oʻgiriladi) va kerakli alifbo tugmasini bosing.
- Natija yoqmasa — panelda Bekor qilish.
Administrator huquqi kerak emas. Oʻchirish buyrugʻi oʻsha sahifada.
Telegram bot
- @harfsozbot ni oching va Start bosing.
- Matn yoki fayl yuboring — bot oʻgirilganini qaytaradi. Alifbo va sozlamalar — bot menyusida.
- Kanal uchun: botni kanalga admin qiling («Xabarlarni tahrirlash» huquqi bilan) — yangi postlar oʻzi oʻgiriladi.
Kanalni oʻzim oʻgiraman
Premium emojili eski postlarni bot oʻgira olmaydi. Ularni Kanal sahifasida oʻz Telegram akkauntingiz bilan oʻgirasiz: kirasiz, kanalni tanlaysiz, avval natijani koʻrasiz, keyin tasdiqlaysiz.
Xavfsizlik
Akkauntim xavfsizmi?
Sahifa nima qila oladi?
Qanday chiqaman?
Telegram meni bloklab qoʻymaydimi?
Telegram «yangi qurilmadan kirildi» deb yozdi
Postlar matni qayerga boradi?
Batafsil — Maxfiylik siyosati.
Brauzer kengaytmasi
- Ilovalar sahifasidan Chrome/Edge yoki Firefox uchun arxivni yuklab oling va oching.
- Chrome:
chrome://extensions, Edge:edge://extensionssahifasini oching. - Developer mode ni yoqing va Load unpacked orqali ochilgan papkani tanlang.
- Matnni belgilab, sichqonchaning oʻng tugmasi → Harfsoz. Yoki Alt+Shift+K.
Firefox: about:debugging → This Firefox → Load Temporary Add-on → arxivdagi manifest.json. Doʻkonlarga joylangach, oʻrnatish bir bosishda boʻladi.
Terilma (klaviatura)
Yangi alifbo harflarini toʻgʻridan-toʻgʻri yozish uchun. Yuklab olish va oʻrnatish — Terilma sahifasida.
Boshqa terilmalarda Word yopilib qolardi. Bunda-chi?
Bunday holat koʻpincha terilmaning nomi va identifikatorida ö, ç kabi harflar boʻlganda yoki oʻrnatuvchi tizim keshlarini tozalab, terilmani oʻzi yoqqanda kuzatilgan. Harfsoz terilmasi Apple talablari boʻyicha toʻliq paket (.bundle) sifatida oʻrnatiladi, tili aniq koʻrsatilgan — oʻzbek (lotin), identifikatori faqat oddiy lotin harflarida; oʻrnatuvchi tizim keshlariga tegmaydi, terilmani oʻzi yoqmaydi va hech qanday qoʻshimcha dastur ishga tushirmaydi. Har bir tugma va qatlam avtomatik tekshiriladi.
« » qoʻshtirnoqni qanday yozaman?
Shift+, → « va Shift+. → » (rus terilmasidagi Б va Ю tugmalari). Boshqalari: Option+Shift+, / . → “ ”; Option+9 / 0 → ‘ ’; Option+, / . → < >; oddiy " — Shift+`.
Terilmalar oʻrtasida qanday almashaman?
Mac: fn / 🌐, Control+Space yoki menyu satridagi belgi. Windows: Win+Space yoki Alt+Shift.
Joriy lotin yozuvi (oʻ, gʻ) va tutuq belgisi-chi?
Tutuq belgisi ʼ (yangi alifbo) — ` tugmasida. Joriy lotin uchun: Option+9 → ‘ (o‘), Option+0 → ’; rasmiy belgilar: Option+Shift+9 → ʻ, Option+Shift+0 → ʼ. Tayyor matnni bir yozuvdan boshqasiga Harfsoz oʻgiradi.
⌘C, Ctrl+V kabi buyruqlar ishlaydimi?
Ha. ⌘ (Mac) va Ctrl (Windows) bilan barcha buyruqlar odatiy US joylashuvida: ⌘+Z, Ctrl+C, Ctrl+[ va boshqalar.
Qanday oʻchiraman?
Mac: harfsoz-terilma-uninstall.command faylini ishga tushiring (yoki /Library/Keyboard Layouts/Harfsoz.bundle ni savatga tashlang), soʻng tizimdan chiqib qayta kiring. Windows: Settings → Apps → Installed apps → Harfsoz terilma → Uninstall.
Yangi alifbo harflari
| Hozirgi lotin | Özbekça | Ўзбекча |
|---|---|---|
| Oʻ oʻ | Ö ö | Ў ў |
| Gʻ gʻ | Ğ ğ | Ғ ғ |
| Sh sh | Ş ş | Ш ш |
| Ch ch | Ç ç | Ч ч |
| ʼ ’ ' | ʼ | ъ |
API
Dasturchilar Harfsozni oʻz loyihasiga HTTP orqali ulashi mumkin. Tavsif va misollar — API sahifasida.
Maxfiylik
- Matn oʻgirish uchun Harfsoz serveriga yuboriladi va javob qaytgach unutiladi: saqlanmaydi, jurnalga yozilmaydi, hech kimga berilmaydi.
- Fayllar brauzeringizda ochiladi va yigʻiladi; serverga faqat matni boradi.
- Kanal sahifasida Telegram sessiyasi, kod va parol faqat brauzeringizda qoladi va toʻgʻridan-toʻgʻri Telegramga yuboriladi.
- Sozlamalar va oxirgi matn shu brauzerning oʻzida saqlanadi. «Texnik jurnal» ham shu yerda turadi va faqat siz yuborsangiz bizga keladi.
Toʻliq matn — Maxfiylik siyosati.