Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 29-oktabr

Harfsoz oʻzbek matnini lotin, kirill va yangi alifbo oʻrtasida oʻgiradi. Bu sahifa sayt va Harfsozning barcha ilovalari (Word, Telegram-bot, brauzer kengaytmasi, WordPress, Google Docs, Adobe) uchun amal qiladi.

Serverga nima boradi

Oʻgirish Harfsoz serverida (harfsoz.uz) bajariladi. Siz oʻgirish buyrugʻini berganingizda serverga faqat oʻgiriladigan matn va sozlamalar (alifbo, apostrof, qoʻshtirnoq va hokazo) yuboriladi. Fayllar qurilmangizda ochiladi va yigʻiladi — serverga faqat ulardagi matn boradi.

Server nimani saqlaydi

Matnlarni saqlamaydi va jurnalga yozmaydi: javob qaytgach, matn unutiladi. Server jurnalida faqat soʻrov hajmi, vaqti va qaysi ilovadan kelgani qoladi. Shaxsiy maʼlumot yigʻilmaydi, sotilmaydi; reklama va kuzatuv yoʻq.

Qurilmangizda nima saqlanadi

Sozlamalar va oxirgi matn — brauzer yoki ilova xotirasida, faqat sizning qurilmangizda. WordPress plagini tashrif buyuruvchi tanlagan alifboni harfsoz nomli bitta cookie faylida bir yil saqlaydi. Word qoʻshimcha dasturi «Bekor qilish» uchun oxirgi oʻgirishni shu hujjat uchun 24 soatgacha saqlaydi.

Texnik jurnal

Sinov davrida har bir ilova xatolarni topish uchun oʻz amallarini qurilmaning oʻzida yozib boradi: vaqt, sozlamalar, versiya, oʻzgargan soʻzlar soni, xatolar. Matndan faqat uzunligi, qisqa xeshi va boshidagi 60 ta belgi yoziladi; fayl nomlari yozilmaydi. Jurnal 7 kun turadi va hech qayerga yuborilmaydi — uni faqat siz yuklab olib, xohlasangiz bizga yuborasiz.

Telegram

@harfsozbot sizga javob berish uchun yuborgan matn va fayllaringizni ishlaydi va saqlamaydi. Kanal sahifasida Telegram sessiyasi, kod va parol faqat brauzeringizda qoladi va toʻgʻridan-toʻgʻri Telegramga yuboriladi; serverga faqat postlar matni oʻgirish uchun boradi.

Oʻzgarishlar

Siyosat oʻzgarsa, shu sahifa yangilanadi va yuqoridagi sana oʻzgaradi.

Biz bilan bogʻlaning

Savollar va soʻrovlar uchun: Telegram — @abdullohhamidullohbot, e-pochta — harfsoz@abdulloh.org.