Kanalni oʻzim oʻgiraman
Premium emojili postlarni bot oʻgira olmaydi. Bu yerda ularni oʻz Telegram akkauntingiz bilan oʻgirasiz — emoji ham, formatlash ham joyida qoladi.
Sahifa hali ishga tushirilmagan: Harfsoz ilovasi Telegramda roʻyxatdan oʻtkazilmoqda. Hozircha kanallar uchun @harfsozbot dan foydalaning.
Brauzeringiz eski: Chrome, Edge, Firefox yoki Safari 16.4+ kerak.
Sahifa dasturi yuklanmadi. Sahifani yangilang yoki boshqa brauzerda oching.
1. Telegramga kirish
- Kanalda egasi yoki «Xabarlarni tahrirlash» huquqi bor admin boʻlishingiz kerak.
- Premium emoji saqlanishi uchun akkauntda Telegram Premium kerak. Yoʻq boʻlsa, bunday postlar oʻtkazib yuboriladi.
- Bir post taxminan 3 soniyada oʻgiriladi (1 000 post — bir soatcha). Varaqni yopmang; toʻxtasa, keyin shu joyidan davom etadi.
Bu brauzerda tugallanmagan ish bor. Davom ettirish uchun qaytadan kiring.
- Telefoningizda Telegramni oching
- Sozlamalar boʻlimiga kiring
- Qurilmalar ni tanlang
- Qurilmani ulash tugmasini bosing
- Shu yerdagi QR kodni skanerlang
Telegram ochiladi va kirishni tasdiqlashni soʻraydi. Tasdiqlang va shu sahifaga qayting.
Telegramda tasdiqlashingiz kutilmoqda…
Kod, parol va sessiya faqat shu brauzerda qoladi va toʻgʻridan-toʻgʻri Telegramga yuboriladi. Batafsil — pastdagi «Xavfsizlik» boʻlimida.
2. Kanalni tanlang
3. Sozlamalar
Sozlamalar
Hech narsa oʻzgarmaydi: nima oʻgirilishi va nima uchun qolishi koʻrsatiladi.
Ish vaqtida varaqni yopmang: fon varaqlarida brauzer ishni sekinlashtiradi. Yopilsa ham, keyin shu joyidan davom etadi.
Soʻnggi postlar
Savollar
Postda nima oʻzgaradi?
Faqat harflar. Premium emoji, formatlash, havolalar, heshteglar, qoʻshtirnoqlar va rasmlar joyida qoladi. Ruscha va tugmali postlarga tegilmaydi.
Nega sekin ishlaydi?
Telegram oddiy akkauntlarga postlarni tez-tez tahrirlashga ruxsat bermaydi. Harfsoz ataylab sekin ishlaydi va soʻralsa kutadi — akkauntingiz xavfsiz boʻlishi uchun.
Yangi postlar-chi?
Yangi postlarni @harfsozbot oʻgiradi — uni kanalga admin qiling. Premium emojili yangi postlarni keyinroq shu yerda oʻgirasiz.
Xavfsizlik
Akkauntim xavfsizmi?
Ha. Kirish Telegramning oʻz usuli bilan boʻladi. Kod, parol va sessiya faqat shu brauzerda qoladi va toʻgʻridan-toʻgʻri Telegramga yuboriladi — biz ularni koʻrmaymiz va saqlamaymiz.
Sahifa nima qila oladi?
Faqat siz tanlagan kanaldagi postlarni tahrirlaydi — natijani koʻrib, tasdiqlaganingizdan keyin. Shaxsiy yozishmalaringizni oʻqimaydi, hech kimga xabar yubormaydi.
Qanday chiqaman?
Sahifadagi Chiqish tugmasi seansni Telegramda ham tugatadi va brauzerdagi hamma narsani oʻchiradi. Yana bir yoʻli: Telegram → Sozlamalar → Qurilmalar → Harfsoz Web seansini tugatish.
Telegram meni bloklab qoʻymaydimi?
Harfsoz Telegram cheklovlariga rioya qiladi: postlarni sekin, bittadan tahrirlaydi, Telegram kutishni soʻrasa — kutadi. Bir kunda juda koʻp post boʻlsa, ishni bir necha kunga boʻling.
Telegram «yangi qurilmadan kirildi» deb yozdi
Bu odatiy holat: Telegram har bir yangi kirish haqida shunday xabar beradi. Qurilmalar roʻyxatida u Harfsoz Web deb koʻrinadi.
Postlar matni qayerga boradi?
Oʻgirish uchun Harfsoz serveriga — faqat matnning oʻzi. Server uni saqlamaydi va jurnalga yozmaydi.
Batafsil — Maxfiylik siyosati.